10:25 Qanday ayollar erkakka yoqadi? | |
Ba'zi ayollar erkaklarni qattiq kuch bilan o'ziga jalb qiladi. Buning siri ochiq-sochiq kiyimida ham, ayolning go'zalligida ham emas ekan. 1. Bunday ayol kimgadur o'xshashga intilmaydi. U o'zi yagona va betakrorligidan faxrlanadi; 2. Kerakmas ishlarga vaqtini behuda ketqazmaydi; 3. Birov uni kamsitishiga yo'l qo'ymaydi; 4. Birov unga nisbatan hurmatsizlik ko'rsatishiga yo'l qo'ymaydi; 5. Birov unga jismoniy kuch ishlatishiga aslo yo'l qo'ymaydi; 6. Hech qachon o'z qadrini yo'qotmaydi; 7. Birovlarning gapiga kirib ish tutmaydi, o'ziga ishonchi kuchli bo'ladi; 8. Birovlarni hayotiga aralashmaydi, g'iybat qilmaydi; 9. o'ziga qarashga, o'ziga yoqimli ish bilan shug'ullanishga doim vaqti bo'ladi va vaqt ajrata oladi; 10. O'zini aybdor deb his qilib yurmaydi.
Manba: "uzbaby.uz"
| |
|