19:49 Turmushga chiqqan ayol tasodifan o‘zining erkak ekanligini bilib qoldi | |
Xitoyda turmush qurgan 25 yoshli ayol to‘pig‘i chiqqanligi uchun shifoxonaga borganida o‘zining erkak ekanligini bilib qoldi. Bu haqda mahalliy «Global Times» nashri xabar bermoqda. Gazetaning yozishicha, XXRning sharqiy provinsiyalaridan birida yashovchi Pinpin hayz ko‘rmagan va homilador bo‘lolmagan. Tekshiruvlar natijasida uning bachadoni va tuxumdonlari yo‘qligi, ayol jinsiy a’zolari rivojlanmaganligi aniqlandi. Bundan tashqari, Pinpinda erkaklarga xos Y-xromosoma mavjud. Bu uning genetik jihatdan erkak ekanligini anglatadi. Ammo shifokorlar uning tanasida yashirin erkak jinsiy a’zolarini topa olishmagan — ehtimol, ular mutatsiyaga uchragandir. To‘liq tekshiruvdan so‘ng Pinpinga tug‘ma kasallik tashxisi qo‘yildi. Bunga oilasidagi yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Manba: "xabar.uz"
| |
|