20:00 Ayshvariya Ray, eri Abxishek Bachchan va 8 yoshli qizi koronavirusga chalindi | |
Taniqli Bollivud aktrisasi Ayshvariya Ray koronavirusga chalindi. Shuningdek, uning eri Abxishek Bachchan va sakkiz yoshli qiziga ham virus tashxisi qo‘yildi. Aktrisaning eri – aktyor Abxishek Bachchan tvitterdagi sahifasida butun oila uyda davolanishini ma’lum qildi, chunki kasallik yengil kechmoqda. Aktrisaning boshqa qarindoshlari ham koronavirus uchun test topshirishdi va natija manfiy bo‘ldi. Avvalroq Abxishekning otasi, taniqli aktyor Amitabx Bachchan koronavirusga chalinganini ma’lum qilgandi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|