08:57 Barak Obama Prezidentligi davridagi eng og‘ir kun haqida gapirdi | |
Barak Obama Oq uyni tark etishidan oldin NBC telekanaliga intervyu berib, prezidentligidagi eng og‘ir kun haqida gapirdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri. Obamaning aytishicha, 2012 yilning 14 dekabrida “Sendi-Xuk” boshlang‘ich maktabida 20 yoshli jinoyatchining bolalarga qarata o‘q uzgani uning prezidentlik davridagi eng og‘ir kun bo‘lgan. “O‘zi o‘qiydigan maktabda 20 nafar begunoh go‘dakning vahshiylarcha o‘ldirilishi men uchun juda fojiali, hayotimdagi eng og‘ir kun bo‘lgan. Aynan shu kuni shaxsiy qo‘riqchilarimning ham ko‘ziga ilk marotaba yosh to‘lganini ko‘rdim”.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|