Главная » 2018»Май»8 » “Barselona”dan ketayotgan Inesta Osiyo jamoalaridan birida o‘ynaydi
12:14
“Barselona”dan ketayotgan Inesta Osiyo jamoalaridan birida o‘ynaydi
Inesta Xitoyga emas, Yaponiyaga yo‘l olishi mumkin. “Chunsin Lifan” rasmiy bayonnoma bilan chiqdi
Kataloniyanining “Barselona” klubini mavsum so‘ngida tark etadigan yarim himoyachi Andres Inesta, katta ehtimol bilan faoliyatini Osiyoda davom ettiradi.
Avvalroq, futbolchining Xitoy chempionati ishtirokchisi “Chunsin Lifan” klubiga o‘tishi taxmin qilinayotgan edi. Chin yurti vakillari Inestaga 3 mavsum uchun 81 million yevro maosh va unga tegishli bo‘lgan vino kompaniyasidan 6 million shisha vinoni 36 million yevroga ham sotib olmoqchi edi.
Biroq Xitoy klubi rasmiy bayonnoma bilan chiqdi: “Biz Inesta bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yamiz, ammo u safimizga futbolchi sifatida kela olmaydi”.
33 yoshli futbolchiga Xitoyning boshqa klublari va Yaponiya klubi “Vissel Kobe” xaridor bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, ushbu klub egasi Xiroshi Mikitani “Barselona”ning titul homiysi Rakuten’ning direktori hisoblanadi.