23:00 “Barselona” Messiga ketish uchun qonuniy yo‘lni ko‘rsatdi | |
“Barselona” jamoa sardori Lionel Messini shunchaki qo‘yib yubormoqchi emas. “Barselona” Messining klubni tark etishi uchun qonuniy yo‘l ko‘rsatdi. Unga ko‘ra, hujumchi shu transfer oynasida klubni tekinga tark etadi va kelasi mavsumni to‘lg‘icha, futbol o‘ynamay o‘tkazadi. Futbolchining klub tuzgan shartnomasida kelishuvni muddatidan avval buzsa, bir yil futboldan va maoshidan kechishi ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, u shartnomasi muddati tugamaguncha, boshqa klub bilan shartnoma tuza olmaydi. Uning shartnomasi 2021 yil yozida tugaydi. Avvalroq, Angliyaning “Manchester Siti” klubi “Barselona”ni Messini sotishga ko‘ndirgani haqida xabarlar tarqalgandi. Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Chempionlar ligasining chorakfinalida “Bavariya”ga 2:8 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Qaqshatqich mag‘lubiyatdan keyin klub bosh murabbiyi Kike Seten iste’foga chiqarildi. Klubga niderlandiyalik mutaxassis Ronald Kuman bosh murabbiy bo'ldi. U Messi bilan alohida suhbatlashganda, hujumchi endilikda klubda alohida mavqega ega bo‘lmasligini aytgan. Shundan so‘ng, Messi jamadonini yig‘ib, ketish harakatiga tushib qoldi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|