Главная » 2018 » Апрель » 1 » Bekoboddagi to‘yxonada 55 kishi ovqatdan zaharlandi
08:57

Bekoboddagi to‘yxonada 55 kishi ovqatdan zaharlandi


2018 yil 30 mart soat 6:20 dan 31 mart soat 14:30 gacha 55 nafar, shu jumladan 6 nafar bolalar tana xaroratining ko‘tarilishi, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ich ketishi, bo‘g‘imlarda og‘riq kabi, shikoyatlar bilan shifoxonaga murojaat qilgan va ulardan 50 nafari Bekobod shahar tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga, 4 nafari tug‘ruq bo‘limiga va 1 nafar bemor Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti shifoxonasiga «o‘tkir gastroenterit, ovqat toksikoinfeksiyasi» birlamchi tashxisi bilan yotqizilgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

O‘tkazilgan birlamchi epidemiologik tekshiruv natijasida quyidagilar aniqlandi:

Bekobod shahridagi «Baxt uyi» to‘yxonasida 28 mart kuni fuqaro Yunusov Begali tomonidan o‘tkazilgan nikoh to‘yida 300 nafar, «Dildora» to‘yxonasida fuqaro Gulmurodova Dilobar o‘tkazgan qiz bazmida 280 nafar mehmonlar qatnashgan.

Ikkala to‘yxonada ham Bekobod shahridagi «Nodirbek omad baraka» xususiy korxonasiga qarashli «Istiqlol» kafesi tomonidan tayyorlangan «Mujskoy kapriz», «Yaponcha», «Qirolicha», «Ot shefa», «Pikantniy», «Olive», «Go‘shtli bodring» salatlar, norin, chuchvara, lyula kabob, ugra, bifstrogan taomlar dasturxonga qo‘yilgan.

Bemorlardan olingan biologik namunalar Toshkent viloyati sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining laboratoriyasiga yuborildi.

Yuzaga kelgan epidemik vaziyatni joyida o‘rganish, bemorlarni davolash, profilaktika va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni o‘tkazishda mahalliy mutaxassislarga amaliy yordam ko‘rsatish uchun Respublika Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti direktori, t.f.n. A.Abdushukurov, institut shifoxonasining bosh vrachi, t.f.n. J.To‘ychiev, 3 nafar reanimatolog, Respublika sanitariya - epidemiologiya nazorat markazi bosh vrachi B.Almatov va bo‘lim mudiri 2018 yil 30 mart kuni Bekobod shahriga yuborildi.

Shifoxonada bemorlarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda, dori-darmon zahiralari yetarli. Bemorlarning umumiy ahvoli o‘rtacha og‘irlikda. 2 nafar bemorga qoniqarli ahvolda uylariga javob berildi. Murojaat qilgan 7 nafar bemorlarga ambulatoriya sharoitida tibbiy yordam ko‘rsatilib, ahvollari qoniqarli bo‘lgani uchun uylariga ketishga ruxsat berildi.

To‘y marosimida ishtirok etgan fuqarolarni ro‘yhatini aniqlash, profilaktik va epidemiya qarshi tadbirlarni amalga oshirish uchun shahar tibbiyot birlashmasidan jalb etilgan 136 nafar patronaj xamshiralar va sanitariya-epidemiologiya xizmatidan 50 nafar mutaxassislar tomonidan xonadonma-xonadon yurib, surishtirish ishlari olib borilmoqda.

O‘tkazilayotgan davolash, profilaktika va epidemiyaga qarshi tadbirlar, bemorlardan olingan biologik namunalarning laboratoriya tahlili natijalari, yakuniy tashxis to‘g‘risida qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

Yuzaga kelgan epidemik vaziyat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan alohida nazoratga olingan.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ovqatdan zaharlanish, to'y, Bekobod | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz