08:38 Biz foydali deb yurgan mahsulotlar aslida xavfli bo‘lib chiqdi | |
Xorijlik tibbiyot mutaxassislari sog‘lom yegulik deb hisoblanadigan mahsulotlar aslida salomatlikka xavf solishini fosh etishdi. Ushbu mavzuga bag‘ishlangan maqola internet nashrlarida e'lon qilindi. «Msn.com» portalining yozishicha, shifokorlar, jumladan, guruchli kulcha nondan bosh tortishni tavsiya etishadi. Negaki, ular haddan tashqari yuqori glikemiya indeksiga ega. Mazkur mahsulotni iste’mol qilish ortiqcha vaznni keltirib chiqarishi hech gap emas. Shuningdek, tibbiyot xodimlari tuzgan ro‘yxatda soya suti ham bor. Soya estrogenga taqlid qiladi va uning retseptorlarini faollashtiradi, deyiladi materialda. Bundan tashqari, shifokorlar myusli iste’mol qilishdan ogohlantiradi. Mazkur yegulik kaloriyasiga ko‘ra chizkeyk kabi desertdan qolishmaydi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|