Главная » 2018 » Февраль » 2 » Bolalar necha yoshdan planshet o'ynashi mumkin?
10:09

Bolalar necha yoshdan planshet o'ynashi mumkin?


— Bir yarim yoshli o'g'lim planshetda o'yin o'ynashga juda qiziqadi. Hozir 1 yoshli bolalar uchun ham turli o'yinlar bor. Biroq unga planshet berishga qo'rqyapman. Bu bolaning ko'rish qobiliyati yoki ruhiyatiga yomon ta'sir ko'rsatmasmikin? Aslida, necha yoshdan bolalarga planshet o'ynashga ruxsat berish kerak?

Saodat JO'RAYEVA, Toshkent shahri.

— Agar bola gadjetlarni hayotni o'rganmay turib o'ynay boshlasa, bu uning ruhiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Harakatlar koordinatsiyasi yo'qoladi. Koptok balandlikdan suvga yengilgina tushganini ko'rgan bola o'zini ham o'sha balandlikdan tashlab yuborishi hech gap emas. Bu narsa ekranda sodir bo'lsa, hayotda boshqacha ekanligi uning xayoliga kelmaydi. Bundan tashqari, bola aynan yugurib, chopqillab, o'ynab, harakat tizimi shakllanishi kerak bo'lgan paytda o'tirib, ekranga tikilaversa, bu uning jismoniy rivojlanishiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Shifokor sifatida men 2 yoshgacha bo'lgan bolalarning planshet o'ynashiga mutlaqo qarshiman. Undan kattalar ham bir kunda 2 soatdan oshiq vaqtini ekranga tikilib o'tkazmasligi kerak. Unutmang, ona va rivojlantiruvchi o'yinlar bola uchun foydaliroq. Farzandi bilan birga kubik o'ynayotgan ota gadjetga qaraganda ming bora kuchliroq ko'rinadi. Biroq hozirgi otalar bolalariga multfilm qo'yib berib, o'zlari dam olishni yaxshi ko'rishadi.

Bolalar kattalarning qilig'ini o'zlashtirib olishi ham bor gap. Agar bola ertalabdan kechgacha otasi yoki onasini telefonga tikilib turgan holda ko'rsa, u ham xuddi shunday bo'lishga harakat qiladi. Hech nimani ko'rmaydi, ishtahasi bo'lmaydi, ko'rish qobiliyati yomonlashadi. Gadjet ichiga kirib ketadi, uni boshqa hech narsa qiziqtirmay qo'yadi. Axir bu fojia emasmi?!

«Hordiq plyus» gazetasidan


Manba: "hordiq.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: Munajjimlar bashorati | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz