21:17 Munajjimlar bashorati: 3 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda? | |
QO'Y (21. 03 — 20. 04) Birinchi navbatda sizdan uzoqlashib ketgan eski qadrdonlar bilan munosabatlarni tiklang va shu orada moliyaviy muammolarni o'z foydangizga ijobiy hal eting. Ishlaringiz ko'p. Demak, ularni kun davomida bitirish uchun sayru sayohat, atrofdagilar bilan muloqotlarni to'xtatib turishingizga to'g'ri keladi. Oilasizlarning muhabbat bobida omadi chopadi. Siz o'z orzungizdagi insonni kunning ikkinchi yarmida uchratishingiz mumkin. Kechqurun sportning faol turlari bilan shug'ullanishdan voz keching, salomatligingizga putur yetishi mumkin. BUZOQ (21. 04 — 21. 05) 3 fevral kuni anchadan beri oromingizni, tinchingizni o'g'irlagan ishlar nihoyat yakun topadi. Rahbarlar qarshisida yuzingiz yorug' bo'ladi. Agar hamkasblar yoki do'stlardan kimdir hamkorlikda ishlashni taklif etsa, albatta rozi bo'ling. Busiz moddiy ahvolingizni ko'ngildagidek mustahkamlab bo'lmaydi. Kechqurun toza havoda sayr qilish, suzish kabi amallar muvaffaqiyatli kechadi. Sog'lig'ingizni ko'z qorachig'ingizdek asrang. Tashqi xavflardan himoya eting. Yomonlarga aslo qo'shila ko'rmang. EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06) Allaqachon keraksizga, nafsizga aylangan masalalar bilan shug'ullanishni to'xtating. Bugungi kun bilan yashay boshlang. Shunda moddiy jihatdan ahvolingiz yaxshi kechadi. Lekin o'zingiz uchun keraksiz deb hisoblangan odamlar bilan muloqot qilishda davom eting. Ishxonangizda yangi tanishuvni boshdan o'tkazishingiz mumkin. Ammo bu romantika bilan bog'liq emas. Jismoniy mehnat bilan shug'ullanadiganlar organizmni jisman zo'riqtirishdan ehtiyot bo'lsinlar. Chunki bu narsa turli yoqimsiz va xavfli xastaliklarni chaqirishi hech gap emas. QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07) 3 fevralda qiziqarli va ajoyib inson bilan uchrashishingiz kutiladi. Bu uchrashuv professional kasbingiz bilan bog'liq ko'plab masalalarda sizga naf berishi mumkin. Mabodo tavba qilishga bel boylagan bo'lsangiz, bu amalni ortga surib o'tirmang. Bugungi tavbalaringiz inshoolloh Yaratganga yetadi va osoyish topasiz. Shu sohada yoshi ulug' qarindoshlar bilan maslahatlashib olsangiz ham ziyon ko'rmaysiz. Moliyaviy muammolar haqida qayg'urib o'zingizni qiynamang. Muammo sizsiz ham ajoyib tarzda ijobiy hal bo'ladi. ARSLON (24. 07 — 23. 08) Afsuski, qarindoshlaringizdan kimlardir sizga ortiqcha tashvishlar yog'dirishga shaylanishi mumkin. Siz esa bu tashvishlarni darhol chetga suring-da, dolzarb masalalar bilan shug'ullanishni boshlang. Azaliy rejalaringizni haqiqatga aylantirishga harakat qiling. Bugun yuqori lavozimli shaxslar bilan muloqot, ijtimoiy himoya tashkilotlariga borish va huquqshunos maslahatini olish muvaffaqiyat keltiradi. Kechqurun yolg'iz qolib hayotingizni obdon tahlil eting. PARIZOD (24. 08 — 23. 09) 3 fevralda o'z oyog'i bilan qarshingizga kelgan omaddan yuz burmang. Notanish kimsalarning maslahatlariga umuman quloq tutmang. Ular sizga zimdan hasad qilib, yo'lingizga jiddiy to'siqlar qo'yishni xush ko'rishadi. Shaxsiy hayotingizda har bir gapni o'ylab gapiring. Og'ir-bosiqlikka jiddiy e'tibor qarating. Kunning ikkinchi yarmida moliyaviy muammolaringiz muvaffaqiyatli hal bo'ladi. Surunkali xastalikka chalingan bo'lsangiz, dorilaringizni o' z vaqtida ichishni unutmang. Ovqatlanish rejimini buzmang. Hasadgo'ylarga qarshi sukut ko'magida shafqatsizlarcha kurash olib boring. TAROZI (24. 09 — 23. 10) Juda charchagansiz, keyingi vaqtlarda ko'p ishladingiz, ammo dam olish haqida umuman o'ylab ko'rmagansiz. Lekin bu ishingiz noto'g'ri. Organizm zaiflashmasligi uchun dam olib ham turish lozim. Jismoniy zo'riqishlar sizga bugun umuman kerak emas. U sizni yiqitishi mumkin. Shu bilan birga olis safar uyushtirish ham tavsiya etilmaydi. Kechqurun muhabbatda sizni kutilmagan tub burilish kutib qoladi. Uxlashga yotishdan oldin yengil hazm bo'luvchi taomlar iste'moli bilan cheklaning. O'zingizni ehtiyot qiling. ChAYoN (24. 10 — 22. 11) 3 fevral kuni anchadan beri rejada bo'lgan o'ta muhim ishni bajarishga kirishasiz va uni muvaffaqiyatli yakunlaysiz inshoolloh. Aqliy mehnat kishilari ham bugundan ko'p ezguliklar umid qilishsa bo'ladi. Garchi qattiq iltimos qilsalar-da, o'zgalarning ishlarini bitirib berish fikridan yiroq bo'ling. Kechqurun qo'lingizga kimdir bir dasta pul tutqazishi kutiladi. Xarajat qilishda me'yorga amal qiling. Bugun uxlab ko'radigan tushingiz o'ngidan kelishi ehtimolga yaqin bo'lib turibdi. O'QOTAR (23. 11 — 21. 12) Bugun tavakkalchilikka zinhor erk bera ko'rmang. Aks holda bu xatoingiz oy oxirigacha oyog'ingizdan olib bezor qiladi. Ishxonadagi yumushlarni ado etishda hamkasblar bilan bamaslahat yo'l tuting. Shunda tezroq omad qushi boshingizga kelib qo'nadi. Salomatligingiz bilan ham hazillashish yaramaydi. Ayniqsa, surunkali xastalikka chalingan bo'lsangiz, jiddiy e'tibor bering. Yaxshisi, darhol vrach ko'rigidan o'ting. Shunisi tinch. Katmondan sira xavotir olmang. U bo'shab qolmaydi. Serqatnov yo'llarni kesib o'tishda sergak bo'ling. TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01) 3 fevralda ishlaringiz o'ngidan kelib, jamiyatdagi obro'yingiz, o'rningiz mustahkamlanishi kutilmoqda. Ammo shaxsiy hayotingizda ba'zi chalkashliklar ko'zga tashlanishi mumkin. Albatta, siz bu chalkashliklarga darrov barham berasiz. Faqat ko'nglingizga g'ashlik solib qo'yishi yomon-da. Spirtli ichimliklar iste'molidan juda-juda uzoq bo'ling. Bu taxlit zararli odatlarni chetga surib qo'ysangiz nur ustiga a'lo nur bo'lardi. Shaxsiy mashinangiz bo'lsa, yo'llarda juda ehtiyot bo'ling. QOVG'A (21. 01 — 19. 02) Muhabbatda oila qurmaganlar ko'z ko'rib quloq eshitmagan jasurliklarni namoyish etishlari mumkin. Siz o'zingizga yoqqan insonning qalbini yanada chuqurroq zabt etish uchun bor imkoniyatingizni ishga solasiz va maqsadga yetasiz. Ishxonada esa o'zingizga tashqaridan turib nigoh tashlab olsangiz yomon bo'lmasdi. Shunda tabiatingizga xos ba'zi nuqsonlarga parda tortilgan bo'lardi. Kechqurun ro'zg'ordagi yig'ilib qolgan muammolarni bartaraf etish juda xayrli kechadi. BALIQ (20. 02 — 20. 03) 3 fevral kuni ishingizda nafi tegishi mumkin bo'lgan axborotlarni to'plang. Mabodo imkoniyatlaringiz ba'zi hamkasblarning biri tarafidan chegaralab qo'yilayotganini payqasangiz, o'sha kimsa bilan ochiqchasiga gaplashib oling. Ko'proq pul topmoqchi bo'lsangiz, qo'shimcha daromad keltiradigan ish toping. Notanish odamlar bilan muloqotda juda hushyor bo'ling. Salomatligingizni ehtiyot qiling. Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling! O. HAYIT tayyorladi
Manba: "hordiq.uz"
| |
|