QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
29 iyulda hamkasblaringizga qaysidir masalada haq ekaningizni isbotlash uchun ko‘p ter to‘kishingizga to‘g‘ri keladi. Shuning dastidan jiddiy bahs-munozaralar kelib chiqishi tayin. Ish bajarishda professional darajadagi usullaringizdan unumli foydalaning. Kechqurun nimadir sabab bilan depressiya holatiga tushib qolishingiz ehtimoli bor. Shuning uchun oldini olib vrach ko‘rigidan o‘tib qo‘ying, ziyon qilmaysiz. Kechqurun asosiy vaqtingizni uydagilaringizga bag‘ishlang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bugun zerikmaysiz, omad sizga ko‘p bora kulib boqadi. Hatto moliyaviy muammolarni ham yuzingizda tabassum bilan bartaraf etasiz. Ammo pul har qanday muammoni ham yechib bera olmaydi. Muhabbatda firib va aldovlarga ro‘baro‘ bo‘lishingiz kutiladi. Oilasizlar buni ko‘tara olmasliklari mumkin. Na iloj, boshqa bir insonni qidira boshlashingiz kerak shekilli. Salomatligingizdan xavotir olmang. Bugun pand bermaydi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
29 iyul kuni chap yonboshingiz bilan turasizmi, uyqudan uyg‘ongach, kun davomida duch kelganni tanqid qilish, tanbeh berishdan bo‘shamaysiz. Afsuski, bunday fe’llilikni zamon ko‘tarmaydi. Ehtiyot bo‘ling, tag‘in o‘z boshingizga balo orttirib olmang. Kun davomida tilingizni tiying, o‘zingizga yaxshi bo‘ladi. Bugun nikohdan o‘tish muvaffaqiyatli kechadi. Sog‘lig‘ingiz salbiy tarafga o‘zgara boshlaganini sezsangiz, darhol mutaxassis ko‘rigiga choping.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun sizga o‘ta faollik naf keltirmaydi. Og‘ir karvon kabi oqim bilan birga oqi-ib ketaverasiz. Shunda ishlaringiz baroridan keladi, janjalli vaziyatlarga tushib qolmaysiz. Jismoniy zo‘riqishlardan nariroq bo‘lishingiz talab etiladi. Yangi tanishuvlarga iloji boricha yo‘l qo‘ymang. Kissangiz to‘la pul, demak, moliya masalasida bugun qayg‘u chekmasangiz ham bo‘ladi. Boriga shukr qiling-u, yashashda davom eting. Kechqurun yoqimli xabar eshitishingiz ehtimoli bor. Ba’zilarning xonadonida yangi mehmon dunyoga kelishi mumkin.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
29 iyul kuni yo‘l qanchalar o‘nqir-cho‘nqir bo‘lmasin, g‘alaba manziligacha olg‘a boring. Huzurini keyin ko‘rasiz. Atrofdagilar bilan munosabatlarda dimog‘dorlikka yo‘l bermang. Biling, bugun sizga yoqmagan inson bir kun kelib ishonchli ko‘makchi va dardkashga aylanishi mumkin. Kechqurun sizni kimdir ziyofatga taklif etishni niyat qilgan. Spirtli ichimliklarni iste’mol qilmang. Salomatligingizga putur yetadi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Oilalilarga jufti va boshqa qondoshlar bilan munosabatlarni yanada mustahkamlash tavsiya etiladi. Pulingiz bor, kunning ikkinchi yarmida tog‘da dam olib qaytishni rejalashtirsangiz ham bo‘ladi. Kechqurun xudo sizni mo‘may daromad bilan siylashi kutiladi. Bu pul o‘zingiz yaqindan tanigan badavlat insonning himmati ham bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Bugun firibgarlarga yaqin bormang. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, issiq havoda ko‘p yurmang.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
29 iyul kuni ko‘pchilik tarozi burji vakillari mehnat ta’tiliga chiqishi kutiladi. Shubhasiz, ta’tilni qay darajada mazmunli o‘tkazish sizning qo‘lingizda. Qimmatbaho qog‘ozlar va muhim hujjatlarni tayyorlashda sergak turing. Kunning ikkinchi yarmida do‘kon aylanib zarur xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun pulingiz yetarli. Ammo qimmatbaho buyumlar xaridini boshqa kunga qoldirib turishingiz lozim. Kechqurun oila qurmaganlarni qaynoq uchrashuvlar kutadi. Sog‘liqni va asabni asrang.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Oilasizlarga turmush qurish uchun shoshilmaslik tavsiya etiladi. Garchi allaqachon kim bilan turmush qurishingiz ma’lum bo‘lsa-da, shoshilmang. Bo‘lg‘usi juftingizni yaxshilab o‘rganing. Bugun dam olish, kabobxo‘rlik qilish juda yoqimli kechadi. Firibgar, yolg‘onchi, ikkiyuzlamachilar tuzog‘iga tushishdan o‘zingizni ehtiyot qiling. Ba’zilarning salomatligi kun oxiriga borib aynishi mumkin. Bu holatni xalqona usul yordamida ham ijobiy hal etsa bo‘ladi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
29 iyulda aqliy mehnat kishilariga omad kulib boqadi. Siz nafaqat rahbariyat va hamkasblar olqishiga sazovor bo‘lasiz, balki cho‘ntagingizga yaxshigina pul ham tushadi. Bemor yotgan qarindoshlardan kun davomida xabar olib qo‘yishni unutmang, savobi tegadi. Oilasizlar bugun his-tuyg‘u emas, tafakkurga quloq tutgan holda ish tutmoqliklari zarur. Chunki tanlaganingiz oxir oqibat ko‘nglingizga o‘tirishmasligi, siz o‘ylagandek ideal bo‘lib chiqmasligi mumkin.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Yulduzlar bugun asosiy vaqtingizni sportning faol turlari bilan shug‘ullanish va cho‘milishga bag‘ishlashingiz lozimligini uqtirishmoqda. Yoz ham juda oz qolyapti. Bu imkoniyatdan unumli foydalanib qoling. Mehnat ham qarab turmaydi. Mehnat yordamida pul topasiz. Pul esa hayotingizni gulzorga aylantiradi. Demak, bu masalada ham dangasalikka o‘rin yo‘q. Shaxsiy avtomobilingizda qaergadir borish muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Kechqurun yaqin do‘stlar bilan kafeda bir piyola choy ustida suhbat qursangiz ham foydadan xoli bo‘lmaydi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
29 iyul kuni negadir uyingizda yetakchilik qilgingiz kelib qoladi. Ammo me’yorni unutmang, aks holda janjalga sababchi bo‘lasiz. Bugungi kunni tinchlik va ahillik kuniga aylantirsangiz, foyda ko‘proq bo‘ladi. Ahillik barakani ham, baxtni ham qo‘shqo‘llab tutqazadi. Sog‘lig‘ingizni tiklash uchun profilaktika olib boring, kerak bo‘lsa, parhez qiling. Serqatnov yo‘llarda juda ehtiyot bo‘ling. Jarohat olishingiz ehtimoli bor.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Yulduzlar bugun nafaqat yo‘l, balki turmush qoidalariga ham qat’iy amal qilishingiz kerakligini bashorat qilishgan. Atrofdagilar bilan muloqotda har bir gapni o‘ylab gapiring. Bugungi kun energetika nuqtai nazaridan juda og‘ir. Shuning uchun asosiy vaqtingizni dam olishga sarf etavering. Kechqurun toza havoda sayr qiling, shaharda yashasangiz, kino yoki teatrga tushing. Kaloriyali taomlarni ko‘proq iste’mol qiling.