22:50 Britan kompaniyasi toza havo sotishni boshladi: bir shishasi — 33 dollar | |
Shu paytgacha bagaj (yuk)larni yetkazib berish bilan shug‘ullanib kelgan «My Baggage» (Buyuk Britaniya) kompaniyasi o‘z mijozlariga yangi va antiqa xizmatni taklif etishni boshladi.
Yaqinda kompaniya yangilikka qo‘l urdi: Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyaning toza havosini shisha idishlarga to‘ldirib sotishni boshladi. Maqsad: xorijga ketganlar o‘z vatani toza havosidan to‘yib nafas olishlari uchun. «Havodan pul yasash» — chakana biznes emas: ma’lumotga ko‘ra, toza havo to‘ldirilgan 0,5 litrlik shisha narxi 33 dollar turadi. Bundan tashqari, kompaniya «premium» toifali xizmatlarga ham tayyor — istalgan mamlakatning havosini keltirib berishga va’da beryapti. «My Baggage» — bungacha «London metrosi havosi» va «Fish and Chip» restorani hidlarini ham shishaga joylab pullay olgan kompaniya.
Manba: "xabar.uz"
| |
|