13:01 Bu hafta yurtimizga Kavkazdan nam havo massalari kirib keladi | |
Gidrometeorologiya xizmati yangi haftada qanday ob-havo kutilishini e’lon qildi. Bugun va ertaga O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati 20-22° iliq bo‘lgan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Hafta o‘rtasida ob-havo o‘zgaradi. 27-oktyabrda respublikaning shimoliy hududlariga Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida quruq ob-havo saqlanib turadi, yuqori va quyi qavat bulutlari hosil bo‘ladi. 28-oktyabrda yomg‘irli zona sharqqa siljiydi va respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlariga yaqinlashganda yog‘ingarchilik kuchayadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29-oktyabrda markaziy va sharqiy hududlarda, shuningdek respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 27-28-oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Hafta davomida harorat kechalari 4-9° iliq atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa haftaning oxiriga kelib, kunduz kungi harorat 7-12° iliqgacha pasayadi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|