10:11 «O‘zgidromet»: bugun kunduzi O‘zbekistonga salqin havo massalari kiradi | |
«O‘zgidromet» bugun kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi. Bugun kunduz kuni O‘zbekistonga Qozog‘iston hududlaridan biroz salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Ba’zi joylarda shamol 7-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-22° iliq atrofida bo‘ladi. Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 18-20° iliq bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-15° iliq bo‘ladi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|