21:33 “O‘zgidromet” o‘zbekistonliklarni g‘ayrioddiy havo hodisasi kutayotganini ma’lum qildi | |
Gidrometeorologiya xizmati markazi o‘zbekistonliklar shu kunlarda havodagi g‘ayrioddiy hodisalarga guvoh bo‘lishi haqida xabar berdi. Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda O‘zbekiston aholisi g‘ayrioddiy hodisani kuzatishi mumkin – qor donalari huddi tumandan tushgandek yog‘adi.
Ma’lumot o‘rnida, shu kunlarda mamlakatning barcha hududlarida boshqa yillardagidan yuqori sovuq harorat qayd etilmoqda. Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 7 yanvar kuni ayrim hududlarda havo harorati 20 darajagacha pasayishini ma’lum qildi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|