08:54 Bugundan O‘zbekiston hududiga salqin havo kirishi boshlanadi | |
19-sentyabrda kunduz kuni respublika hududiga Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo kirib kelishi boshlanadi. Yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 30-35° ni tashkil etadi, shimolda 22-27° gacha pasayadi. Poytaxtimizda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33-35° gacha biroz pasayishi kutilmoqda. Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-30° atrofida saqlanib turadi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|