Главная » 2020 » Апрель » 22 » Bugunning o‘zida koronavirusdan sog‘ayganlar 93 nafarga yetdi
19:26

Bugunning o‘zida koronavirusdan sog‘ayganlar 93 nafarga yetdi


Andijon viloyatida 26 nafar bemor koronavirusni yengib o‘tdi. Bu haqda bugun, 22 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Ayni shu soatlarda Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 26 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilmoqda“ deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, sog‘ayganlarning barchasi Andijon viloyatidan. Bemorlarning 5 nafari erkak, 21 nafari ayollardir. Ularning 1 nafari xorijdan kelgan, qolgan 25 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 59 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi esa 21 yoshda. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatgan.
 

Ahamiyatli jihati, kecha 96 nafar bemor, bugun esa, hozircha, 93 nafar bemor tuzalib, o‘tgan ikki kun ichida jami 189 nafar bemor butkul sog‘ayib chiqishdi.

Shunday qilib, ayni paytga qadar mamlakatda koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 450 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha virus yuqtirganlar 1692 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 7 nafari vafot etgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: nafarga yetdi, Bugunning, o‘zida, koronavirusdan sog‘ayganlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz