16:30 Xorazmda koronavirusdan sog‘ayganlar soni jami 94 nafarga yetdi | |
Xorazm viloyatida 33 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 27 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, sog‘ayganlarning 30 nafari joriy yil 22 mart kuni Rossiyadan charter reys bilan kelishgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ma’lumot berilishicha, ulardan 29 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Xorazm, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan 5 nafardan, Buxoro va Andijon viloyatlaridan 4 nafardan, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlaridan 3 nafardan, Navoiy, Toshkent, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda. Xorazm viloyatidan ayni paytga qadar 61 nafar bemor butkul sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 94 nafarga yetdi. Shuningdek, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 859 nafarni tashkil qilmoqda. Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha koronavirus infeksiyasi yuqtirganlar 1887 nafarni tashkil qilmoqda. Bemorlarning bemorlarning 8 nafari vafot ergan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|