17:34 O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 3 500 nafardan oshdi | |
Toshkent shahrida 29 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 10 iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 9 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 59 yoshda, yoshi kichigi 25 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahri va viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatidan 1 nafardan bo‘lsa, 3 nafari Farg‘ona va Namangan viloyatidan, 2 nafardan Samarqand va Andijon viloyatlaridan. Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 6 nafari erkak, 7 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 64 yoshda,kichigi esa 28 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 4 nafari Toshkent viloyatidan, 6 nafari Toshkent shahridan, Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan esa 1 nafardan. Shuningdek, 3-sonli tug‘ruq majmuasidan 28 yoshli 1 nafar poytaxtlik ayol shifo topib, Toshkent shahrida jami tuzalganlar soni 1572 nafar tashkil qilmoqda. Ma’lumot uchun, hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar soni 3504 nafarni tashkil etmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|