12:10 Bundan buyon dollar yoki yevro kursining oshishi tadbirkorga muammo keltirmaydi — Prezident | |
Endilikda kreditlar milliy valyuta “so‘m”da beriladi. Dollar va yevro kursining oshishi tadbirkorga muammo tug‘dirmaydi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan uchrashuvda shu haqda aytib o‘tdi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, banklar tomonidan kelgusi yili xalqaro moliya bozorlarida 5 trillion so‘mlik milliy valyutada yevrobondlar chiqariladi. Shuningdek, O‘zbekiston bozorida ishlashga tayyor bo‘lgan, zamonaviy texnologiyalarga ega, yirik xorijiy banklarni kirib kelishiga keng imkoniyatlar yaratiladi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|