12:51 Chinozlik fuqaroning uyidan 4 kg. ga yaqin giyohvandlik moddasi topildi | |
Toshkent viloyatining Chinoz tumanida viloyat IIB va Chinoz tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida “A.Temur” Mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, ishlamaydigan, 1961 yilda tug‘ilgan A.Ya.ning uyi tekshirilganida hovlisidagi uzum so‘risida quritib qo‘yilgan 3 kg. 690,6 gr. marixuana giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olingan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda, deya xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|