22:30 COVID-19 dan himoyalanishdagi “eng xavfli narsa” aytildi | |
Koronavirus pandemiyasi vaqtida eng xavfli narsa oddiy maska bo‘lib, ko‘plab odamlar undan noto‘g‘ri foydalanadi. Bu haqda rossiyalik terapevt Larisa Alekseyeva ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, keyin shu odamlar o‘sha qo‘li bilan yuzlariga tegishadi va yana o‘sha niqobni taqishadi. So‘ng virus yanada faollashadigan issiq va nam bo‘lgan uylariga kelishadi. Mutaxassis bu o‘ta xavfli ekanini aytdi. Shifokor niqobdan foydalanish qoidalarini eslatib o‘tdi: bitta niqobni ikki soatdan ortiq taqmaslik kerak, yuzga teginmagan holda yechib olish va zich yopilgan paketda tashlab yuborish kerak. Shifokorning fikricha, boshqa ehtiyotkorlik choralari haqida ham unutmaslik lozim: o‘ramdagi mahsulotlarni yuvish, kurer keltirgan paketlarga antiseptik bilan ishlov berish hamda kiyim-kechak va poyabzal haqida ham unutmaslik lozim – ularda ham uyga virus “olib kelish” mumkin.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|