13:43 COVID-19 infeksiyasining eng xavfli oqibati ma’lum bo‘ldi | |
COVID-19 boshqa shunga o‘xshash viruslar kabi, inson tanasining himoya mexaniznimi sezilarli darajada susaytiradi, bu esa boshqa patologiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining virusshunos olimi Feliks Ershov aytib o‘tdi. Virusologning qayd etishicha, COVID-19 immunitet tizimini susaytiradi. Shu bois tanada yuzaga keladigan odatdagi grippda bo‘lgani kabi, qo‘shimcha somatik patologiya ham kasallikka olib kelishi mumkin, natijada ikkilamchi immunitet tanqisligi rivojlana boshlaydi. Yoshlar va bolalar immunitetning samaradorligi tufayli asoratlarga kamroq moyil bo‘lishadi, keksa odamlar esa aksincha, xavf ostida qolishadi. Virusologning ta’kidlashicha, koronavirusdan o‘limning asosiy sababi, qoida tariqasida, COVID-19 ning o‘zi emas, balki patologiya hisoblanadi. Shu munosabat bilan, kasallikning birinchi haftasidan so‘ng, agar u qaytarilmasa, davolanish uchun antibiotiklar faol qo‘llaniladi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|