19:48 "O‘zbekiston bilan uchrashuvdan hech narsa kutmayman" | |
“Rostini aytsam, O‘zbekiston bilan uchrashuvdan hech narsa kutmayman. Bizning asosiy vazifamiz, yigitlar formasi bilan tanishishdir” – deydi Nepomnyashi. Mutaxassisning fikriga ko‘ra, tarkibda asosan yangi jalb qilingan yigitlar mavjud va ular murabbiylarning talab va qarorlariga to‘g‘ri kelishi yoki aksiligini sinash asosiy maqsad bo‘lmoqda. Murabbiy, Rossiya termasini O‘zbekiston va Tojikiston darajasidan yuqoriligini ta’kidlagan. Ma’lumot uchun, Rossiya termasi O‘zbekiston TJ bilan 20-noyabr kuni bahs olib boradi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|