13:55 COVID-19 yozda yoqoladimi? Xitoylik mutaxassis javob berdi | |
COVID-19 kasalligi yozda ham muammo bo‘lishi mumkin. Bu haqda Pekin universiteti birinchi shifoxonasi mutaxassisi Van Guysya ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislar hali ham butun dunyo COVID-19 bilan uzoq vaqt kurashishi ehtimolini istisno eta olmaydi. Kuzda yoki qishda havoning to‘g‘ri aylanishi yetarli bo‘lmagan gavjum joylarda epidemiyaning ikkinchi marta avj olishi mumkin. Xitoy mutaxassisi COVID-19 kasalligini yengish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni amalga oshirishga chaqirdi. U hech bir davlat bu borada orqada qolmasa, dunyo virusga qarshi kurashda g‘alaba qozonishini ta’kidladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan bog‘liq 3 064 894 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 922 409 nafari sog‘aygan, 211 609 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 1 930 876 kishini tashkil qilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|