Главная » 2017 » Апрель » 10 » DJ Piligrim uylanish uchun internet orqali o‘ziga mos qiz izlayapti
13:58

DJ Piligrim uylanish uchun internet orqali o‘ziga mos qiz izlayapti


DJ Piligrim taxallusi ostida ijod qiluvchi xonanda Ilhom Yo‘lchiev onasiga shu yil uylanishga va’da bergani va endilikda va’dasining ustidan chiqish taraddudida ekanligini ma’lum qildi.

“Uylanaman! Onamga shu yil uylanaman, deb va’da berganman. Agar aynan sen o‘zingni mening juftim, ikkinchi yarmim va biz bir oila bo‘lishimiz kerak, deb hisoblasang, o‘z anketangni mening pochtamga jo‘nat! Nimaga aynan sen ekanliging sabablarini izohla va suratlar jo‘natishni unutma!”, deb yozdi DJ Piligrim va xabarga o‘z elektron pochta manzilini ilova qildi.

Xonandaning shaxsiy sahifasini kuzatib boruvchilar mazkur e’longa turlicha munosabat bildirmoqda. Ayrimlar biz axborot asrida yashayotganimizni inobatga olgan holda internet orqali o‘ziga juft topish zamon talabi ekanligini yozayotgan bo‘lsa, yana bir guruh internet foydalanuvchilari erkaklar “pastlashib” ketayotgani, ayollarning ko‘nglini olish uchun mehnat qilish, jon kuydirishni esdan chiqarib qo‘yayotganini yozib qoldirgan.

Ma’lumot uchun, DJ Piligrim bundan bir necha yillar avval “Setora” guruhining yakkaxoni Komila Xo‘jayeva bilan oila qurgan edi. Biroq bu oila uzoqqa cho‘zilmadi. Ilhom va Komilaning Isom ismli farzandlari bor.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: DJ Piligrim | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz