18:51 Doimiy bosh og‘rig‘ining asosiy sabablari | |
Agar odamda doimiy bosh og‘rig‘i bo‘lsa, bunga ko‘pincha migren aybdor bo‘ladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, katta yoshli aholining taxminan 10-14 foizi ushbu kasallikdan aziyat chekadi. Quyida bosh og‘rig‘i kelib chiqish sabablari va davolash usullari haqida tanishasiz. Nevrologik kasalliklar bir yoki ikki tomonlama bosh og‘rig‘i xurujlari bilan ifodalanadi. Migren kelib chiqish sabablari hali-hanuz o‘rganilmoqda, garchi birinchi alomatlar shumerlar sivilizatsiyasi davridan beri ma’lum bo‘lsa-da. Bugungi kunga kelib, olimlar migrenning nasl surishini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Asosan migren aqliy va emotsional zo‘riqishdan so‘ng, uyqu buzilishi va gormonal fondagi o‘zgarishlar tufayli yuzaga keladi. Qahva, shokolad, pishloq, sitrus mevalar va dudlangan mahsulot tarkibidagi tiramin mavjud bo‘lib, u migrenda og‘riqlar rivojlanishiga olib keladi. Migren va alkogol o‘zaro chambarchas bog‘liq. Migrenni tashqi belgilar ham qo‘zg‘atishi mumkin. Masalan, o‘tkir hidlar, yorqin chiroqlar, baland tovushlar, bosimning o‘zgarishi. Bosh og‘rig‘i gormonal fon bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli ayollarda migren ovulyasiya, PMS yoki hayz paytida o‘zini namoyon qiladi. Ba’zi hollarda gormonal kontratseptivlar menstrual migrendan xalos bo‘lishga yordam beradi. Biroq homiladorlik va menopauza davrida ushbu usullar yordam bermaydi. Migren ilk alomatlari paydo bo‘lganda derazalari ochilgan va jimjit xonada yotish kerak. Og‘riqni massaj, sovuq kompress yoki kontrast dush yordamida yengillashtirish mumkin. Migrenda og‘riq sindromini davolash og‘riqning bemor kundalik hayotiga qanday ta’sir qilishiga qarab amalga oshiriladi. Agar migrenni qo‘lbola vositalar yordamida yengib o‘tish mumkin bo‘lsa, og‘riq qoldiruvchi vositalar yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi dorilarni qabul qilish orqali samarali natijalarga erishish mumkin. Yashashga xalaqit beradigan migrenning og‘ir bosqichlarida og‘riqni yengillashtirish uchun aralash yondashuvni belgilab beradigan shifokorga murojaat qilish kerak. Bu bilan migrendan xalos bo‘lishning imkoni yo‘q. Ammo shifokor tomonidan tanlangan sxema xurujlarning chastotasi, yaqqolligi va kuchliligini kamaytirishga yordam beradi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|