15:47 Dudlangan baliqli salat - bunisiga nima deysiz?! | |
Zarur masalliqlar: 80-100 gr. dudlangan baliq go‘shti, bir bog‘ salat bargi, bir bog‘ yashil loviya ko‘kati, 5-6 ta mayda pomidor, 4 osh qoshiq quritilgan qovoq danagi. Sous uchun: yarim osh qoshiq xantal (gorchisa) aralashmasi, 1 osh qoshiq soya sousi, 1 osh qoshiq limon sharbati, 3 osh qoshiq zaytun yog‘i, tuz, murch. Tayyorlanishi: 1. Baliq go‘shtini yupqa parrak shaklida to‘g‘rang. Yashil loviyani 10-15 daqiqa tuzli suvda qaynating. 2. Pomidorlarni to‘rtga bo‘lib, kesing. Salat bargini esa uzunasiga to‘g‘rang. 3. Sous uchun xantal, soya sousi, limon sharbati va zaytun yog‘ini aralashtirib, ta’bga ko‘ra, tuz va murch qo‘shing. 4. Salat idishiga to‘g‘ralgan baliq go‘shti, pomidor, salat bargi va katta bo‘laklarda kesilgan yashil loviya solib, yengil aralashtiring. Ustidan tayyor sousni quyib, yana bir marotaba aralashtiring-da, 15 daqiqaga qoldiring. Salatni dasturxonga tortishda ustini qovoq danagi bilan bezating. Tayyorlanish vaqti: 30 daqiqa.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|