17:08 Shahzoda salati - kelinchaklar yon daftariga! | |
Zarur masalliqlar: 500 gr. qaynatilgan mol go‘shti, 1 stakan yong‘oq mag‘zi, 6 ta tuzlangan bodring, 4 dona qaynatilgan tuxum, 3 bo‘lak sarimsoqpiyoz, mayonez, ko‘katlar. Tayyorlanishi: 1. Tuzli suvda qaynatilgan go‘shtni uzun-uzun qilib yupqalab to‘g‘rang. Tuzlangan bodringni katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazing. Sarimsoqpiyozni ezib qo‘shing. 2. Qaynatilgan tuxumni katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazing. 3. Maydalangan yong‘oq mag‘zini qizdirilgan quruq tovada qovurib oling. 4. Masallliqlarni likopchaga quyidagi tartibda joylang. Go‘sht+mayonez+bodring+mayonez+tuxum+mayonez+yong‘oq. Dasturxonga tortishdan avval biroz muddat muzlatkichda qo‘yishingiz mumkin. 4 kishilik. 25 daqiqa.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|