16:16 Sohildagi orzu - Dengiz karamidan salat | |
Zarur masalliqlar: 200 gr. dengiz karami, 100 gr. dudlangan go‘sht, 80 gr. pishloq, 2 dona qaynatilgan tuxum, bitta bodring, 1 bo‘lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq mayonez, tuz, qora murch. Tayyorlanishi: 1. Dengiz karamini qaynoq suvga 15 daqiqa ivitib qo‘ying. Dudlangan go‘sht va bodringni somoncha shaklida maydalab to‘g‘rang. So‘ngra ivitilgan dengiz karamini maydalang. 2. Qaynatilgan tuxumni to‘rtburchak shaklda to‘g‘rang. Barcha masalliqlarni aralashtirib, qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloqni qo‘shing. Sarimsoqpiyozni ham ezib solasiz. Qora murch va ta’bga ko‘ra tuz seping. Mayonez qo‘shsangiz, salat tayyor! 35 daqiqa 4 kishilik
Manba: "darakchi.uz"
| |
|