21:44 Dunyodagi eng past baholangan valyuta ma’lum qilindi | |
"The Economist" jurnali jahon valyutalarini “bigmak” indeksiga muvofiq baholab, rubl eng past baholangan valyuta degan xulosaga keldi. Jurnalning aniqlashicha, 2021 yil yanvar oyida AQShda oddiy “bigmak”ni o‘rtacha 5,66 dollarga (417 rubl), Rossiyada esa 1,81 dollarga (133 rubl) sotib olish mumkin bo‘lgan. Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, rubl kursi 68 foizga, mamlakatdagi aholi jon boshiga YAIM bo‘yicha tuzatishni hisobga olgan holda esa 47,3 foizga past baholangan va dunyodagi eng kam baholangan valyuta deb topilgan. Shuningdek, eng past baholangan valyutalar ichida Gonkong dollari (46,8% kam baholangan) va turk lirasi (39,7% kam baholangan) ham qayd etilgan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|