17:56 Dunyodagi eng qimmat 10 avtoulov | |
Dunyodagi eng qimmatbaho avtomashinalar – ularni kim ham orzu qilmaydi, deysiz! Yoʻl chetidagi odamlarning havasini keltirib, choʻgʻdek qip-qizil Ferrariʼda oʻqish yoki ishga kelsangiz. Manzilga yetgandan soʻng esa mashinaning yon eshiklari qanot misol koʻtarilib, undan tushib kelsangiz... Bu ayrim insonlar uchun orzu qilish ham mumkin boʻlmagan shirin ertakdek tuyuladi. Keling, bugun siz bilan chinakam ertaklar olamiga yoʻl olamiz. Yaʼni, dunyodagi eng hashamatli va qimmatbaho avtomobillar orasidan oʻzimizga eng yoqqanini tanlaymiz. Uni sotib olish-olmasligimiz biz uchun keyingi masala boʻla qolsin. Eng qimmat avtomashina qanday boʻladi? Bir nechta nusxada saqlanib qolgan, boy tarixga ega boʻlgan va kimoshdi savdosida eng yuqori narxga sotilgan noyob avtomobil. U kimgadir tegishli boʻlishi yoki poygada ishtirok etishi mumkin. Soʻnggi kimoshdi savdolarida eng yuqori lot 1962-yilgi Maranello Rosso kolleksiyasidan afsonaviy Ferrari 250 GTOʻga nasib etdi. Bonhams auksionida u 38,1 million dollarga sotildi. Bu – dunyodagi eng qimmat yoʻl avtomobilidir. Internetda baʼzan mashinalar bundan ham qimmatroq narxda sotilgani haqidagi xabarlarga koʻzingiz tushgan boʻlishi mumkin. Ammo koʻp hollarda bu rasmiy maʼlumot emas, yolgʻon boʻlib chiqadi. Mashinaning bir egasidan boshqasiga sotilishi eng qimmat avtomobilni aniqlash reytingiga taʼsir qilmaydi. Mashinani sotish boʻyicha eng qimmat shartnoma ham xuddi shu avtomobilga tegishli. U 1963-yildagi xuddi shu Ferrari 250 GTO kimoshdi savdosisiz 52 million dollarga sotilgandi. Ushbu mashinaning qimmatbaholigi atigi 39 dona ishlab chiqarilganligi va har bir xaridor Enso Ferrarining shaxsiy suhbatidan oʻtishi kerakligiga bogʻliq boʻlgan. Eng qimmat seriyali mashinalar Agar biz qimmatbaho tarixiy avtoulovlar haqida emas, balki ishlab chiqarish avtomobillari haqida gapiradigan boʻlsak, bunda narxlar ancha sodda boʻladi. Biroq ular seriyali tarzda ishlab chiqarilaveradi. Kichik seriya ham seriyadir. Agar atigi 10-20 dona mashina ishlab chiqarilgan boʻlsa ham ular qaysidir maʼnoda seriyali deb hisoblanishi mumkin. Bugatti La Voiture Noire kompaniyaning haqiqiy yuzi. U bor-yoʻgʻi bitta nusxada chiqarilgan va 11 million yevroga sotilgan. Oʻta noyob boʻlgani uchun hatto ehtiyot qismlari ham mavjud emas. Keling, eng “arzon” avtomobillardan qimmatbaho seriyali mashinalar top oʻntaligiga oʻtamiz. 1. Nio EP9 Ushbu mashina elektr avtomobillari muxlislari uchun sovgʻa sifatida roʻyxatga kiritildi. Nisbatan past narxi tufayli, u reytingda oxirgi oʻrinda turibdi. Nio EP9 – bu Xitoy superkari boʻlib, unga egalik qilish uchun 1,5 million dollar toʻlashingizga toʻgʻri keladi. Biroq uni garajingizga joylay olmaysiz. Uni shunchaki siz tanlagan trassaga olib borishadi, poyga kuni sizga yordam beradi, shundan keyin avtomashinani oʻz joyiga qaytarishadi. Yuvish xarajatlari narxiga kiritilgan. Mazkur avtomobilni yoʻlbop deb boʻlmaydi, u trassa uchun maxsus yaratilgan. Avtomobil quvvatlashga qoʻshimcha vaqt sarflamaslik uchun oʻzgarib turishi kerak boʻlgan ikkita batareya va 1341 ot kuchiga ega.
Koʻpchilik uchun hashamat va yuqori narx ramzi boʻlgan Ferrariʼni reytingning pastki qatorlarida koʻrish odatiy hol emas. Shunday boʻlsa ham bu – uning joyi. Chunki u “atigi” 2,1 million dollar turadi. Birinchi marotaba Ferrari LaFerrari Coupe versiyasi 2013-yilda Jeneva avtosalonida ommaga namoyish etilgan edi. Keyinchalik Veria Aperta chiqib keldi. Barcha mashinalar taqdimotdan ancha oldin sotilgan va shuning uchun avtomobilning aniq narxini aniqlash qiyin. Mazkur avtomobil 953 ot kuchiga ega, murakkab vaziyatlarda 900 Nmʼdan oshadi. Ferrari uchun biroz noodatiy xususiyat bu avtomashinada mujassam. U kuch uchun ortiqcha kuch sarflamaydi. Koʻpincha ushbu markadagi avtomobillar 500-700 ot kuchiga ega boʻladi. Ushbu mashinaning egalari hech kimga hech nimani isbotlashi kerak emas, ular uchun qulaylik muhimroq. 3. Pagani Huayra BC Biroz noodatiy nomga ega boʻlgan ushbu mashinaning narxi 2,3 million dollarni tashkil etadi. Ushbu pul evaziga siz 750 ot kuchiga ega dvigatelli mashina olasiz. Mashinaning ogʻirligi atigi 1218 kg. ni tashkil qiladi. Bu juda kichik, ammo bu koʻrsatkichga asosan kompozit materiallardan foydalanish tufayli erishildi. Bu – kompaniyaning oʻziga xos xususiyati. Unga ilgari Lamborghini kompozit materiallari boʻlimida ishlagan Gorasio Pagani tomonidan asos solingan va u 1988-yilda oʻz kompaniyasini tashkil qilgan. Lamborghini bilan hamkorlik hozirgacha davom etmoqda, xususan, afsonaviy Lamborghini Countach modeli ustida birga ishlashgan. Keyinchalik, Mercedes Benz va uning dvigatellari yordamida Gorasio oʻzining shaxsiy avtomobillarini ishlab chiqara boshladi, birinchisi Pagani Zonda edi. 4. Icona Vulcano Titanium Biz narxlarni oshishi va dvigatel quvvatining kamayishiga guvoh boʻlyapmiz. Icona Vulcano Titaniumʼning quvvati 680 ot kuchiga teng. Biroq ishlab chiqaruvchining taʼkidlashicha, agregatning xavfsizlik chegarasi katta va ishlab chiqarilgan dvigatel 1000 ot kuchiga qadar koʻtarilishi mumkin. Boshqacha aytganda, mashinaning 2,8 million dollarga sotilishiga uning mustahkamligi emas, tanasi titandan qilinganligi sabab boʻlgan. Butun avtomobilni yaratishda bunday materialdan foydalanish – katta tavakkal va toza marketing. Avtomobil 2,8 soniyada yuzlab tezlikka erishadi va 10 000 soatda qoʻlda yigʻiladi. 5. Ferrari Pininfarina Sergio Yana sevimli Ferrariʼga yuzlanamiz. Lekin bu safar 3 million dollarlik avtomobiliga. Ushbu kelajak mashinasi sport avtoulovlari orasida kamtarona xususiyatlarga ega (562 ot kuchi, dvigatelining hajmi 4,5 litrni tashkil qiladi), ammo agar yoningizdan oʻtib ketsa, orqaga qayrilishga majbur qiladi. Ferrari Pininfarina Sergio – bu haqiqatan ham gʻayrioddiy mashina. Bularning barchasi yarim asrdan koʻproq vaqt davomida kompaniya bilan hamkorlik qilib, mashinalar dizaynini yaratgan mashhur dizayner Paolo Pininfarin sharafiga yaratilgan. Endi uning ismi bu gʻayrioddiy metall tanada abadiylashtirildi. 6. Bugatti Chiron Goʻzallikdan kuchga qaytish vaqti keldi. Bugatti Chironʼning maksimal ot kuchi 1500ga teng. Bunday zavqni his qilish uchun 3 million dollar toʻlab qoʻyishingiz kerak. Chiron shov-shuvli Veyronning vorisi boʻldi, u seriyali avtomobillar ichida birinchi boʻlib, 1000 ot kuchiga teng chiziqni kesib oʻtdi. Bugatti Chiron. Sof tajovuz mashina. Ushbu avtomobilning dizaynerlari oʻz ishlarini yaxshi bilishadi. Bugatti Chiron dunyodagi eng tezkor va eng hashamatli ishlab chiqarish mashinasi sifatida tan olingan, ammo narx boʻyicha uncha qimmat emas. 7. Aston Martin Valkyrie Valkyriye narxi allaqachon barchaga maʼlum boʻlgandi. Bu maʼlumot Red Bull Racing poyga jamoasi tomonidan matbuotga eʼlon qilindi. Shunday qilib, avtomobilning bahosi 3,2 million dollarni tashkil qiladi. Bu avtomobilni “irkit oʻrdakcha”, deb ham atashadi. Uning 1000 ot kuchiga egaligi va dizayni Formula-1 poygasining turli jamoalari uchun chempionlik avtoulovlarini yaratgan Adrian Newyey qalamiga mansub ekanligi uchun juda qadrlashadi. 8. Lykan Hyperspor Agar siz “Forsaj-7” filmini tomosha qilgan boʻlsangiz, ushbu mashina sizga yaxshi maʼlum. Qahramonlar bu mashinaga minib, binolar orasida “uchishadi”. Film soʻnggida u pachoqlanib ketgan. Ammo hayotda hech kim buni xohlamaydi, chunki u 3,4 million dollar turadi. Lykan Hyperspor BAAning W Motors kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. U 750 ot kuchiga ishlab chiqaradigan 3,7 litrli ikkita turbo dvigatel bilan jihozlangan. Dunyoda bu kabi mashina nechta ishlab chiqarilganligini aytish qiyin. 9. McLaren P1 LM Qiymati 3,6 million dollarni tashkil etgan ushbu mashina Lansante va Britaniyaning McLaren kompaniyalari hamkorligida yaratilgan. McLaren P1 bazaviy versiyasi 60 kilogrammni yoʻqotib, dvigatelining kuchi 968 ot kuchiga koʻtarilgan. McLaren P1 LM shahar uchun emas – trassa uchun moʻljallangan. U boy tarixga ega emas, kompaniyaning ildizlari “Formula 1”da nomaʼlum jamoaga asos solgan mashhur poygachi Bryus Maklaringa olib keladi. Aks holda, bu oddiy superkar. Faqat juda kam ishlab chiqarilgan va shuning uchun ham juda qimmat. 10. Lamborghini Veneno Roadster Shunday qilib, biz reytingning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildik. Lamborghini Veneno Roadster dunyodagi eng qimmat ishlab chiqarish mashinasi sanaladi. Uning narxi 4,5 million dollarni tashkil etadi. Bu superkar juda katta dvigatel kuchiga ega, degani emas. U shunchaki goʻzal va hashamatli mashina boʻlib, ayni paytda tezlashish choralarini izlamoqda. Uning dvigateli “atigi” 750 ot kuchiga teng. Qizigʻi shundaki, ushbu mashina atigi 9 dona ishlab chiqarilganligi uchun unga ikkilamchi bozorda 10 million dollar pul taklif qilishmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|