14:49 Endi tonirovkani qo‘lda sozlash mumkin | |
Xitoyning displeylar ishlab chiqaruvchi «BOE» kompaniyasi avtomobillar oynasi tonirovkasini qo‘lda sozlash mumkin bo‘lgan texnologiya yaratdi. «RIA Novosti» yozishicha, texnologiya «Smart Dimming» nomi ostida taqdim etilmoqda. Bu texnologiya yordamida mashina egasi oynani o‘ziga moslab qoraytira oladi. Bunga oynaga tortilgan kuchlanishni o‘zgartirib erishiladi. Ishlab chiqaruvchiga ko‘ra, boshqariluvchi qatlamning shaffoflik darajasi yuqori. Qolaversa, bu oyna kam tok yeydi. Tonirovka avtomobildagi sensorli interfeys yoki mobil ilova yordamida boshqariladi. Ta’kidlanishicha, turdosh mahsulotlardan farqi, «Smart Dimming» oynaning butun yuzasini egallamaydi. U quyosh nurini to‘suvchi an’anaviy moslama vazifasini ham bajarib berishi mumkin. Kompaniya o‘z «aqlli» oynasi avtomobillardan tashqari, poyezdlar va samolyotlarga ham to‘g‘ri kelishini ta’kidlagan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|