18:52 Erkak kishi nega xiyonat qiladi? Sabablar… | |
Poligam dasturi Erkaklar tabiatan poligam dasturi bilan yaratilgan (poligа́miya so‘zi grekchadan “poli” — ko‘p, “gamos” — nikoh ma’nolarini anglatadi). Bunda erkaklar faqat bir ayol bilan yashashlari mumkin, lekin bir umr bir ayol bilan yashab o‘tish hadigi ularni xavotirga solib turadi. Bu hamma erkaklarga taalluqli, deb bo‘lmaydi. Nazorat Erkaklar jismoniy jihatdan kuchli ko‘rinsalar-da, o‘z mayllari oldida ojiz bo‘ladilar. Bunday paytda ongni nazorat qilisholmaydi. Jamiyat Jamiyat erkaklarning bunday hatti-harakatini ortiqcha tanqidlarsiz to‘g‘ri qabul qilishadi. Ayrim hollarda esa xayrihohlik ham qilishi mumkin. Erkaklar o‘zaro muloqot qiladigan doirasi orasida hattoki mana shunday munosabatlarni targ‘ib qiladiganlari uchraydi. Ular rafiqasidan boshqa ayoli borligi bilan maqtanishadi, ularga bu go‘yo status, erkakligini isbotlaydigandek hisoblaydi. Globalizatsiya Odamlarning dunyoqarashi, fikrlashi o‘zgarib boryapti, ongda to‘ntarishlar yuz beryapti. Bularga sabab, birinchidan, globalizatsiya bo‘ladigan bo‘lsa, ya’ni odamlarning chet davlatlarga chiqishi, turli xalqlarning hayoti, turmush tarzini ko‘rishi natijasida fikrlash ham o‘zgaryapti. Yana bitta faktor shuki, hozirda stress holatlarga tushib qolish ko‘p uchramoqda. Ushbu stresslardan chiqish uchun ham erkaklar o‘zini shu yo‘l bilan chalg‘itmoqda. Bunda ular hayotning yengil, rang-barang, zavq-shavqli tomonlarini tanlamoqda. Aloqa vositalari Bugun odamlarning muloqot vositalari juda ko‘p. Telefon, internet (ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar) bunga misol. Avvallari begona ayol bilan tanishish, u bilan uchrashish oson emas edi. Hozir esa erkaklar uchun qarama-qarshi jins vakilalari bilan aloqaga kirishish qiyin bo‘lmay qoldi. Shuningdek, erkaklarining xiyonat qilishiga har bir er-xotinga xos bo‘lgan individual sabablar ham bor. Ular turli-tuman bo‘lishi mumkin. Bunga o‘zaro munosabatlar, oilaviy, iqtisodiy, ijtimoiy muammolar kiradi. Shunday paytda ba’zi erkaklar ularni qurshab olayotgan muammolardan qochishga intiladi. Individual sabablar Har bir er-xotinga xos bo‘lgan individual sabablar. Ular turli-tuman bo‘lishi mumkin. Bunga o‘zaro munosabatlar, oilaviy, iqtisodiy, ijtimoiy muammolar kiradi. Shu paytda erkaklar ularni qurshab olayotgan muammolardan qochishga intiladi. Erkak kishi qachon xiyonat qiladi? Hamma erkaklar ham birdan xiyonat qilmaydi. Xiyonat uchun eng avvalo yo‘l ochiladi, qulay imkoniyat paydo bo‘ladi. Bu qachon sodir bo‘ladi? Qachonki, ayol kishida biror o‘zgarish yuz bersa. Ayol kishi er bilan bo‘ladigan munosabatlarda oz bo‘lsa-da sovusa, o‘zaro bir-biriga bo‘lgan “tortishish kuchi” kamaysa, o‘zaro bog‘lab turuvchi ko‘rinmas arqon bo‘shashsa. Bejiz odamlar orasida “eringni bo‘sh qo‘yma, qattiqroq ushla” degan gap yo‘q emas. Ayol kishi chindan ham erkakni ushlab turuvchidir. Bu ko‘rinmas arqon qachon bo‘shab qoladi? Qachonki, ayol hayotdagi o‘rnini yoki muvozanatni buzib qo‘ysa, u hayotida birinchi o‘ringa erini emas, farzandini, ishini qo‘ysa, vaqtini taqsimlay olmasa, jismonan va ruhan xasta bo‘lsa... Shuni ham qayd etish kerakki, ayol kishi erini yo‘qotib qo‘yishdan qattiq qo‘rqib, hamma narsadan erni ustun qo‘yib, unga qattiq bog‘langanida, usiz hayotini tasavvur etolmaydigan darajada bo‘lib qolganda ham xiyonatga yo‘l ochilishi mumkin. Munosabatlarda muvozanatni ushlash juda muhimdir. O‘zaro munosabatlarda tenglik bo‘lmasa qiyin. Er ayoliga istagan yomon gaplarini aytsa, haqoratlasa, ursa — bu o‘zaro teng munosabat hisoblanmaydi. Bunday munosabat oqibatida er asta-sekin ayolini o‘ziga juft sifatida ko‘rmaydi. Bunda ayol o‘z o‘rnini topolmaydi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi tushib ketadi. Ana shundan keyin erkak o‘ziga juft izlaydi, nima desa shu ishni qiladigan xotin ularga teng bo‘lmaydi, shu uchun u o‘zi tengini izlab ketadi. Nima qilish kerak? Xiyonat ko‘rgan ayollarda agressiya paydo bo‘ladi va u kuchayib boraveradi. Ularni bamisoli yaralangan sherga o‘xshatish mumkin. Unga xiyonat qilishdi, lekin negadir unga ayblovlarni yuklaymiz: o‘zingga qaramagansan, chiroyli bo‘lib yurmagansan va hakozo. U yaralandi, avval o‘sha yarani tuzatish kerak. Xiyonat ko‘rgan ayollarni vaqti-vaqti bilan rashk azobi xuruj qilib turadi. Buning hisobiga turli kasalliklar, jumladan nevroz kelib chiqadi. Nima qilish kerak? Qaytarmang “Erimni bu yo‘ldan qaytaraman, uni nima qilib bo‘lsa-da ushlab qolaman”, deyishga shoshilmang. Siz avval o‘zingizning ruhiy holatingizni muvozanatga keltirib oling. Ruhiy holat joyiga keltirilmaguncha janjalu to‘polonlar, haqoratlarning hojati yo‘q. Shundan keyin nima qilish kerakligini o‘ylab ko‘rish mumkin: yashaysizmi, ajrashasizmi, yarashasizmi va hokazo. Bunga qadar ruhiy holat tang, jahl qoplagan bo‘lib turganda hal qiluvchi qaror qabul qilish foyda bermaydi. U muammoni salbiy tomonga burib yuborishi mumkin. Munosabatga bog‘liq bo‘lmang Agar erni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqish, xavotirlanish kuchayib boraversa, ayol ruhan xasta bo‘lib qolishi mumkin. Eriga bog‘lanish huddi emizikli bolaning onaga bog‘liqligiday bo‘lishi kerak emas. Erning sizga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq bo‘lib qolmang. MUXLISA tayyorladi
Manba: "darakchi.uz"
| |
|