13:47 Farg‘onada ayanchli avtohalokat sodir bo‘ldi | |
Joriy yilning 14-oktyabr kuni Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanidan o‘tuvchi Qo‘qon – Yaypan – Isfara avtomobil yo‘lining 10 kilometrida “Damas Labo” va “Nexia” avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda “Zamon” informasion dasturida ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, “Damas” avtomashinasini boshqarib kelgan haydovchining kutilmaganda qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib harakatlanishi natijasida to‘qnashuv sodir etilgan va har ikki avtomobilga ham jiddiy ziyon yetgan. Hodisa natijasida “Nexia” avtomobilining orqa o‘rindig‘ida onasining qo‘lida bo‘lgan, 2019-yilda tug‘ilgan qizaloq olgan tan jarohatlari sababli shifoxonaga yuborilgan va ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay, qizaloq shifoxonada vafot etgan. Eslatib o‘tish mumkin, O‘zbekiston avtohalokatlar eng ko‘p sodir etiladigan davlatlar reytingida 117-o‘rinda joylashgan.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|