21:37 Farzand dunyoga keltirish uchun eng yaxshi yosh aniqlandi | |
Birinchi farzandni erta reproduktiv yoshda dunyoga keltirgan yaxshiroq, deya ma’lum qildi rossiyalik ginekolog Yuliana Abayeva. Uning ta’kidlashicha, tug‘ilishlar orasidagi eng maqbul oraliq esa 2 yil bo‘lib, ma’lumotlarga ko‘ra, shu vaqt ichida bolaning tanasi to‘liq tiklanadi. “Erta tug‘ish davri 35 yoshda tugaydi. Bu tug‘ish uchun eng yaxshi vaqt hisoblanadi”, deydi Abayeva. Qayd etilishicha, 40 yoshdan keyingi homiladorlik onaga ham, homila uchun ham jiddiy xavf tug‘diradi. Bunday holatlarda homilada xromosoma anomaliyalari xavfi ortadi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|