Главная » 2017 » Март » 20 » Farzandini chiqindi quvuriga tashlab yuborgan ayol 12 yilga qamaldi
17:15

Farzandini chiqindi quvuriga tashlab yuborgan ayol 12 yilga qamaldi


O‘tgan yili Belorussiyaning Minsk tumanidagi Machulishi Minsk qishlog‘ida dahshatli voqea sodir bo‘lgandi.

Homiladorligini barchadan yashirgan 28 yoshli Yekaterina ismli ayol 19 sentabr kuni ko‘chaga sayr qilish uchun chiqqan. Birozdan so‘ng, to‘lg‘oq boshlanib, ayolda suv ketish holati kuzatilgan.

Sanoqli daqiqalardan keyin ko‘zi yorishini bilgan ayol tezda uyga jo‘nagan. Uyda uning onasi va singlisi bo‘lgan. Shundan so‘ng, ayol hojatxonaga kirgan va farzandini dunyoga keltirgan. Og‘riqqa chidab, baqirmaslikka, onasi va singlisining, qolaversa, qo‘shnilarning e’tiborini jalb etmaslikka harakat qilgan.

Hojatxona anjomi ichidan yangi tug‘ilgan qizaloqni olgach, Yekaterina qo‘rqqanidan bolani polietilen selofanga solib, kvartira tashqarisidagi chiqindi quvurining ichiga tashlab yuboradi.

Shundan so‘ng, uyga qaytib vanna qabul qilgani kirib ketgan.

Ayblanuvchi ayol o‘z qilmishini stress holatida sodir etgani bilan izohlagan.

7-qavatdan chiqindi quvuri bo‘ylab polietilen selofan paketida tushgan qizaloq tirik qolgan. Ayni vaqtda uni jinoyatchi ayolning buvisi va singlisi katta qilmoqda.

Ekaterina avval sudlanmagan. Buning ustiga voyaga yetmagan boshqa farzandi ham bor. Sud unga hukm chiqarayotgan vaqtda ushbu omillar bilan birga, uning og‘ir jinoyat sodir etganini ham hisobga oldi. Bu haqda “Intex-press” xabar berdi.

Bunday jinoyat uchun 25 yilgacha qamoq jazosi beriladi. Sud jarayonida prokurar ayolga 15 yil berishni so‘radi. Biroq u 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: qamaldi, 12 yil, tashlab yuborgan, Ayol, chiqindi quvuri, Farzand | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz