19:49 Foto: Bollivudning yulduzli juftliklari to‘ylarini qanday nishonlagan? | |
Quyidagi Bollivud yulduzlari to‘y marosimini turli madaniy urf-odatlarni birlashtirgan holda o‘tkazgani bilan esda qolgan. Priyanka Chopra va Nik Jonas Boshqa yulduzlar yillab uchrashib, turmush qurishga qaror qilgunicha, Priyanka Chopra va Nik Jonas tanishganiga 6 oy bo‘lmasdan oila qurishga qaror qilgan. Juftlik 2017-yilda MET Gala’da uchrashgan va shundan keyin o‘rtalarida iliqlik paydo bo‘lgan. Nik Priyanka bilan birga bir necha marotaba Hindistonga borib, oilasi bilan uchrashishga muvaffaq bo‘lgan. Mashhurlar 2018-yilda ikki xil: hindcha va xristiancha to‘y marosimini o‘tkazgan. Karina Kapur va Saif Ali Xon 2007-yildan beri munosabatda bo‘lgan Karina Kapur va Saif Alixon Bollivudning qirollik juftligi deb ataladi. Juftlik o‘rtasida sevgi uchqunlari “Tashan” filmining suratga olish jarayonida paydo bo‘lgan. Besh yil davomida uchrashib yurib, 2012-yil munosabatlarini nikoh rishtasi bilan bog‘lagan juftlikning hozirda Taymur ismli farzandi bor. Ularning to‘yi ikki madaniyat: panjob kudi va navaba Pataudidan iborat bo‘lgan. Dipika Padukone va Ranvir Singx “Ram va Lila” filmining suratga olish jarayonida bir-biriga oshiq bo‘lgan juftlik munosabatlarini 6 yil davomida boshqalardan sir tutgan. Juftlik hech qachon o‘rtalaridagi tuyg‘ular haqida og‘iz ochmagan. Ularning 2018-yil ijtimoiy tarmoqda to‘ylari haqida e’lon qilgani muxlislarni hayratga solgan. Dipika — kannada bramin, Ranvir esa sindxi ekanligiga qaramay turmush qurgan va o‘z madaniyatlarini to‘y marosimida birlashtirgan. Avvaliga Konkani uslubida marosim o‘tkazgan mashhurlar, ertasi kuni Italiyadagi Komo ko‘lida, sindxi uslubida to‘y qilgan. Jeneliya d’Souza va Ritesh Deshmukx Ushbu juftlik ham to‘yida ikki turli madaniyatni birlashtirgan. Jeneliya katolik, Ritesh esa maratxi ekaniga qaramay munosabatlarini nikoh bilan bog‘lagan. Juftlik biri-birining urf-odatlariga hurmat sifatida 2012-yilda maxarashtrian va xristiancha to‘y qilgan. Bipasha Basu va Karan Singx Grover Yuqoridagilar singari Bipasha bong, Karan esa panjoblik ekani oila qurishiga qarshilik qilmagan. Juftlik to‘yi bengalcha bo‘lsa-da, panjobcha o‘yin-kulgi va tomoshalar bilan ham o‘tgan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|