Главная » 2020 » Август » 16 » Foto: “Titanik” filmining sevimli qahramonlari 23 yildan so‘ng
22:53

Foto: “Titanik” filmining sevimli qahramonlari 23 yildan so‘ng


“Titanik” filmi 1997-yilda suratga olingan va 12 yil davomida insoniyat tarixidagi eng kassabop film maqomini egallagan edi. 1912-yilning 14 dan 15-aprelga o‘tar kechasi Atlantika okeanining tubiga “qalqigan” kema yo‘lovchilarining fojiali taqdiri hikoya qilingan bu film millionlab tomoshabinlar qalbini titratdi.

Quyida film qahramonlarini haqiqatda hayotdagidek jonlantira olgan mashhur aktyorlarning keyingi ijodi haqida so‘z yuritiladi.

Frensis Fisher

Fisher bosh qahramon – Rouzning onasi rolini ijro etgan. “Titanik” filmi Frensisga dunyo shuhrati va rejissorlarning yangi takliflarini olib keldi.

Hozir aktrisa 67 yoshda. U haliyam filmlarda suratga tushyapti. Afsuski, u “Titanik” filmidagi kabi unutilmas rolga ega bo‘lmadi.

Viktor Garber

Kanadalik aktyor va qo‘shiqchi, olti karra “Emmi” va to‘rt marta “Toni” laureati – Viktor Garber professional nomzodlar qatorida Leonardo Di Kaprio bilan raqobatlasha oladi. “Titanik”da u kema quruvchisi Tomas Endryus rolini o‘ynagan.

Hozir aktyor 71 yoshda bo‘lishiga qaramay kino va teatrda faol rol ijro etyapti.

Billi Zeyn

“Titanik” filmi suratga olinishidan avval Zeyn katta ekranlarda paydo bo‘lishni boshlagan. Aktyor “Kelajakka qaytish”, “Orlando” filmlarida rol o‘ynagan, shuningdek, “Tvin Piks” serialida ham qatnashgan. Biroq Jekka qarama-qarshi bo‘lgan salbiy obrazi uni butun dunyoga tanitdi.

Yaqinda aktyor 52 yoshga to‘ldi. Billi filmlarda suratga tushishni va otalik vazifasini birdek olib boryapti. Uning ikki farzandi bor.

Bernard Xill

Kema kapitani rolini britaniyalik aktyor o‘ynagan. Sujetga ko‘ra, Xillning qahramoni “Titanik” bilan birga suv ostida qolgan. Film aktyorga katta shuhrat keltirgan bo‘lishiga qaramay, bu uning yagona tashrif qog‘ozi emas. Bernard “Titanik”dan tashqari “Uzuklar hukmdori” kino trilogiyasida ham rol ijro etgan.

Bugun aktyor 75 yoshda va filmlarda faol ishtirok etyapti.

Keti Beyts

Amerikalik aktrisa, “Oskar” laureati, ikki karra “Emmi”, “Oltin Globus” va “Qalquvchan Molli” nomi bilan tanilgan Margaret Braun roli uchun “AQSh kino aktyorlarining Gildi mukofot”lari bilan taqdirlangan.

Keti Beyts o‘nlab mashhur rollari orqali dunyoga tanilgan. Hozir aktrisa 71 yoshda va yangi filmlari bilan muxlislarini xursand qilmoqda.

Keyt Uinslet

Keyt oddiy yigit Jekni sevib qolgan Rouz rolini ijro etgan. Bu obrazi uni butun dunyoga mashhur qildi. “Titanik”dan so‘ng aktrisa bir necha taniqli filmlarga taklif etildi. U “O‘quvchi”, “O‘zgarish yo‘li” va “Sof aqlning abadiy ziyosi” kabi kartinalarda rol o‘ynadi.

Hozir aktrisa 44 yoshda. U haliyam ijodini davom ettiryapti. “Titanik” filmining suratga olish jarayonida Keyt va Leo o‘rtasida mustahkam do‘stlik paydo bo‘lgan.

Leonardo Di Kaprio

Aktyor ilk bor 19 yoshida “Bu yigit hayoti” filmidagi roli uchun “Oskar”ga nomzod sifatida ko‘rsatilgan. “Titanikda”gi Jek rolini 21 yoshida o‘ynaydi. Oddiy Jek va aristokrat Rouzning sevgi hikoyasi millionlab tomoshabinlarning qalbidan joy oldi. O‘shanda ko‘p tanqidchilar iste’dodli aktyor uchun “Oskar”ni bashorat qilganiga qaramay, nufuzli mukofot uni rad etdi.

45 yoshli Di Kaprio “Omon qolgan” filmidagi roli uchun 2016-yilda qimmatli haykalchani olishga muvaffaq bo‘ldi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: “Titanik”, foto, filmining, 23 yildan so‘ng, sevimli qahramonlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz