21:22 Foto: Arab shayxlarining stereotiplarni o‘zgartirib yuborgan go‘zal rafiqalari | |
Yaqin Sharqda yashovchi ayollar paranjiga o‘ranib olib, faqat erlari bilan ko‘chaga chiqadi, degan fikr bor. Bu eskirgan stereotip. Aslida arab ayollari tashqi ko‘rinishi va kiyinishiga e’tibor beradi, chiroyli kiyim hamda makiyaj bilan ko‘chaga chiqadi. Quyida arab ayollari haqidagi stereotiplarni o‘zgartirib yuborgan malikalar haqida so‘z yuritamiz. Raniya al-Abdulla Raniya al-Abdulla 21 yildan buyon Iordaniya qirolichasi hisoblanadi. 31-avgustda 50 yoshni qarshilaydigan ushbu ayol qiyofasiga nazar tashlab, uning nafaqat go‘zalligi, balki yosh ko‘rinishiga maftun bo‘lish hech gap emas. Sochining qalin jingalak qilib turmaklanishi, oshirib yuborilmagan makiyaj va mukammal qaddi-qomati uni ancha yosh ko‘rinishiga sababchi hisoblanadi. Moza bint Nosir al-Misnid Qatar sobiq amirining rafiqasi Moza bint Nosir al-Misnid 60 yosh ekaniga va 7 farzandi borligiga ishonish qiyin. Ushbu latofatli ayol nafaqat chiroyi, balki kiyinish borasidagi didi bilan ham hamisha e’tirof etilgan. U doim o‘ziga xos libos va yorqin bosh kiyimida namoyon bo‘ladi. Hayya bint al-Huseyn Hayya nafaqat Iordaniya malikasi, balki Dubay amirining turmush o‘rtog‘i hamdir. Kelib chiqishi qirollik oilasi bilan bog‘liq bo‘lgan Hayyaning tashqi ko‘rinishi kishi ko‘zini quvnatadi. Qalin malla sochlari, kelishgan qaddi-qomati va latofatli tabassumi bilan Sharqning mashhur ayollaridan ajralib turadi. Lalla Salma Marokash qirolining turmush o‘rtog‘i bo‘lgan Lalla qizg‘ish sochlari va istarali qiyofasi bilan o‘ziga xosdir. U ortiqcha makiyaj qilmasligi, didli kiyinishi bilan OAV e’tibori markazida hisoblanadi. Amira at-Tavil Saudiya Arabistoni malikasi bo‘lgan Amira ko‘p hollarda malika Jasminga o‘xshatiladi. U Sharqning eng go‘zal ayollaridan biri hisoblanadi. Malika yorqin makiyaj qilish, ayniqsa lablariga qirmizi tus berishni xush ko‘radi. Uzun va qalin sochlari esa uning chiroyiga chiroy qo‘shadi. Dina Abdulaziz as-Saud Yana bir Saudiya malikasi Dina dunyoning eng didli kiyinadigan ayollaridan biri hisoblanadi. Shu sabab ham 2016-yilda Vogue Arabia’ning bosh muharriri etib tayinlangan. Dina yorqin makiyaj qilishni yoqtirmaydi, lekin soch turmagini muntazam ravishda o‘zgartirib turadi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|