11:47 Fransiya bilan qiymati 6 mlrd yevrodan ziyod bo‘lgan kelishuvlar imzolandi | |
Kecha, 22-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoev va Emannuel Makron rafiqalari bilan birgalikda Parijdagi Arab dunyosi institutida “Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘ʼjizalari” ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Ko‘rgazmadan Nukus, Samarqand, Buxoro va Toshkent muzeylaridan keltirilgan to‘qimachilik buyumlari, libos va poyabzallar, bosh kiyim to‘plamlari, shuningdek, Turkiston avangardi yo‘nalishiga mansub 24 ta mo‘yqalam asari o‘rin olgan. Shuningdek, Shavkat Mirziyoev va Emmanuel Makron rafiqalari bilan Parijdagi Luvr muzeyiga tashrif buyurib, «O‘zbekiston vohalarining mo‘ʼjizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Taʼkidlash mumkin, Shavkat Mirziyoevning Fransiyaga rasmiy tashrifi davomida O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarini yanada kengaytirishga qaratilgan 14 ta hujjat tasdiqlangan. Umumiy qiymati 6 milliard yevrodan ziyod bo‘lgan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlik loyihalarini amalga oshirish yuzasidan ikki tomonlama kelishuvlarga erishildi. Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoevning Fransiyaga ikki kunlik rasmiy tashrifi yakunlanib, Toshkentga qaytib keldi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|