15:44 FVV O‘zbekistonda yuz bergan zilzila yuzasidan axborot berdi | |
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bugun, 3 may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuzatilgan zilzila yuzasidan axborot berdi. Axborotda ma’lum qilinishicha, zilzila oqibatida jabrlanish va talofatlar kuzatilmagan. «Toshkent» seysmostansiyasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2017 yilning 3 may kuni soat 09:47da Respublikamizning ayrim hududlarida zilzila qayd etilgan. Zilzilaning episentri Toshkent shahrining janubiy-sharqiy yo‘nalishida 295 km uzoqlikda Tojikiston Respublikasi hududiga to‘g‘ri keladi. Episentrda qayd etilgan zilzila magnitudasi M=6,0 ni tashkil etdi. Respublika hududida seysmik faollik Farg‘onada 4,5 ball, Andijonda 4 ball, Toshkentda 3,5 4 ballni tashkil etgan.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|