20:55 GAI xodimi tez yordam mashinasini nega o‘tkazmadi? — rasmiy munosabat | |
Ijtimoiy tarmoqda «GAI xodimi tez tibbiy yordam avtomobilini sababsiz o‘tkazmasligi – jinoyat» sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan ma’lumot berildi. Joriy yilning 15-17-iyun kunlari Surxondaryo viloyatida «Yoshlar festivali» o‘tkazilganligi munosabati bilan YPX xodimlari xizmatga jalb etilib, ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklangan. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, YPX xodimi Termiz shahar, Navbahor ko‘chasida tez tibbiy yordam avtomobilini o‘tkazmaganligi aks etgan holat ushbu tadbir vaqtida sodir bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB YHXB mas’ullari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|