23:24 Gazlangan ichimliklarning kutilmagan xavfi aniqlandi | |
Olimlar gazlangan ichimliklarning kutilmagan xavfidan ogohlantirmoqda. Ularning fikriga ko‘ra, bunday ichimliklar tananing reproduktiv tizimiga zarar yetkazishi va bepushtlikni keltirib chiqarishi mumkin. Gazlangan ichimliklar tarkibidagi kimyoviy moddalar spermatozoidlar miqdorini kamaytirib, harakatini susaytiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kuniga bir porsiya ichimlik iste’mol qilish ham bepushtlik xavfini 20-25 foizga oshiradi. Nafaqat oddiy, balki parhezbop gazlangan ichimliklar ham xatarli hisoblanadi. Olimlarning ta’kidlashicha, ular tabiiy homiladorlik va EKU amaliyotining muvaffaqiyatli tugash ehtimolini ham kamaytiradi. Gazlangan ichimlik boshqa kasalliklarni ham qo‘zg‘atishi mumkin. Ular tarkibida qand ko‘p bo‘lganligi bois, diabet, semizlik va gormonal muvozanat buzilishi kabi noxushliklar kelib chiqishi ehtimoldan xoli emas.
Manba: "xabar.uz"
| |
|