12:37 Gazli ichimliklarning foydasi bormi? | |
Gazli ichimliklar choy yoki kofe kabi ommalashgan, chunki ular zerikarli ichimliklarga muqobil vazifasini bajaradi. Bugungi kunda didga mos gazlangan ichimlikni topish oson. Ammo uning xavfsiz yoki xavfli ekanligi borasida bahslar tinmaydi. Bu haqda quyida so‘z yuritamiz. Gazli ichimliklarning foydasi bormi? Shakar bilan boyitilmagan gazli ichimliklar organizm uchun xavfsizdir. Gazli suvning foydasi shundaki, u chanqoqni juda yaxshi qondiradi. Gazlangan suvning organizm uchun foydasi, ayniqsa, shifokorlarga yaxshi ma’lum. Bunday ichimliklar me’da shirasining kislotaliligini oshirish zarur bo‘lgan hollarda bemorlarga buyuriladi. Shuningdek, suvda gazning mavjudligi foydali mikroelementlarning uzoqroq turishiga imkon beradi, shu bilan birga zararli bakteriyalarni rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Gazlangan ichimliklar orasida tabiiy gazlangan mineral suv foydali, deb tan olingan. Bunday suvlar tarkibida suyaklar, mushaklar, tish emalining yaxlitligini saqlaydigan maksimal darajada foydali elementlar mavjud. Gazli ichimliklarning qanday zararlari mavjud? Suvga qo‘shilgan gaz o‘z-o‘zidan inson organizmiga zarar yetkazmaydi. Ammo pufakchalar oshqozonning kislotaliligini oshiradi, shuning uchun och qoringa mineral suv yoki gazli ichimlik ichish paytida shish paydo bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, bugungi kunda ishlab chiqaruvchilar turli xil shakarli ichimliklarni taklif qilishadi. Shakar qo‘shilgan gazli suvning zararlari: ichimliklar semirishga olib keladi; tish emaliga zarar yetkazadi; diabet rivojlanishi xavfini oshiradi. Bunday ichimliklar organizm uchun energiya qiymatiga ega emas, shuning uchun ularni ko‘p ichish tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari, har bir inson gazlangan ichimlik uning organizmiga zarar yetkazish-yetkazmasligini bilishi kerak, chunki har bir organizm o‘z fiziologik xususiyatlariga ega.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|