13:57 Koronavirusning dunyoga foydasi ma’lum qilindi | |
Koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlari fonida 2020-2021 yillarda jahonda qurol uchun mablag‘ sarflash kamayadi. Uning o‘rniga ta’lim, fan va sog‘liqni saqlash tizimi moliyalashtiriladi. Bu haqda Stokgolm Xalqaro Tinchlik Tadqiqot Instituti (SIPRI) direktori Dan Smit aytib o‘tdi. Shu bilan birga, harbiy xarajatlar keskin kamayishi bilan xalqaro hamjihatlik va o‘zaro hamkorlik aloqalari kuchayadi. Ayniqsa, sog‘liqni saqlash bo‘ycha davlatlar birgalikda harakat qilishni boshlaydi. Mutaxassisning fikricha, hukumatlar boshqa davlatdagi kam rivojlangan sog‘liqni saqlash tizimi ularning mamlakatiga ham ta’sir etishini tushunishmoqda.
Umuman olganda global xavfsizlik siyosatidagi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar haqidagi savolga javoban Smit, pandemiya davlatlar inqirozli vaziyatda samarali hamkorlik qilishi mumkinligini ko‘rsatdi. Shuningdek, u ushbu inqiroz xalqaro hamkorlikning mustahkamlanishiga turtki bo‘lishi kerakligini qo‘shimcha qildi. Yangi tadqiqotga ko‘ra, 2019 yilda dunyodagi harbiy xarajatlar eng yuqori darajaga yetdi va 2010 yildagi harbiy xarajatlarga nisbatan 7,2 foizga oshdi. SIPRI ma’lumotlariga ko‘ra, harbiy xarajatlar umuman olganda YAIMning 2,2 foizini tashkil etdi. 2019 yilda dunyoda eng katta harbiy xarajatlarga ega bo‘lgan besh mamlakat qatoriga AQSH, Xitoy, Hindiston, Rossiya va Saudiya Arabistoni kirdi. Ular dunyo harbiy xarajatlarining 62 foizini amalga oshirgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|