18:36 Germaniyada qimmat energiyaga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi | |
Maʼlum bo‘lishicha, namoyishlarga Germaniyada energiya va oziq-ovqat narxlarining keskin oshishi sabab bo‘lgan. Ushbu namoyishlarni tashkilotchilari bir nechta partiyalar va alyanslar, shu jumladan, o‘ta o‘ng “Freie Sachsen” ittifoqi bo‘lgan. Politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, namoyishlar chog‘ida bir qancha otishmalar bo‘lgan. Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi, “Alyans 90”/“Yashillar” va Erkin Demokratik partiya hukmron koalitsiyasi aholiga qiymati 65 milliard yevro bo‘lgan uchinchi yordam paketi qabul qilinganini eʼlon qilgan. Biroq namoyishchilar bu choralarni yetarli emas deb hisoblamoqda. Eslatib o‘tamiz, Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal Ukraina Germaniyaga elektr yetkazib berishga tayyorligini maʼlum qilgan edi
Manba: "qalampir.uz"
| |
|