15:14 Gulnora Karimovaning qizi bobosining qabriga gul qo‘ygan yigit kimligini ochiqladi | |
Avvalroq, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi Imon Karimova bobosining qabrini ziyorat qilishga kelgani, unga notanish yigit hamrohlik qilgani haqida xabar bergan edik. Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova Instagram’dagi sahifasida shaxsiy hayoti haqida gapirib, Islom Karimov qabriga gul qo‘ygan yigitningg ham kimligiga aniqlik kiritdi. Imonning obunachilariga bergan javobiga ko‘ra, yigit uning sevgilisi. Ular umumiy tanishlari orqali tanishishgan. Yigit arab millatiga mansub. Qayd etish kerakki, Imon hozirda O‘zbekistonda. Avvalroq u Zangiotadagi 21-sonli koloniyada sud tomonidan o‘ziga tayinlangan jazoni o‘tayotgan onasi Gulnora Karimovaning oldiga kiritilmayotganidan shikoyat qilgandi. Ma’lumki, Karimovlar oilasining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova 2013 yildan buyon jinoyatlari uchun javob bermoqda. U ayni vaqtda hibsda. Oilaning kenjasi Lola Karimova-Tillyayeva esa turmush o‘rtog‘i Timur Tillyayev va farzandlari bilan AQSHga ko‘chib o‘tgan. Gulnora Karimovaning farzandlari Islom va Imon esa ayni vaqtda Londonda tahsil olmoqda. Karimovlar oilasidan faqat Tatyana Karimova O‘zbekistonda istiqomat qilmoqda. U Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish va Karimov nomidagi Respublika jamoat fondi faoliyatini yuritishda bosh-qosh. Lola Karimovaning qizi Maryam esa kuni kecha taniqli rus blogeri Amiran Sardarovga turmushga chiqdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Gulnora Karimovaning farzandlari Islom Karimov va Imon Karimovaning oilaning boshqa a’zolari, xususan xolasi Lola Karimova Tillyayeva va buvisi Tatyana Karimova bilan aloqasi yo‘q. Bir vaqtlar Tatyana Karimova Imon Karimovani Toshkentda olib qolishga uringani, unga uy bergani, biroq Imon buni qabul qilmagani haqida gap-so‘zlar mavjud. Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova buvisi Tatyana Karimova va xolasi Lola Karimova-Tillyayeva bilan 2017 yilning avgust oyida poytaxt Toshkentda Islom Karimov haykali ochilish marosimida qatnashgan edi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|