10:33 Ikki yigit o‘zganing uyiga bostirib kirib, uni do‘pposladi | |
Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta yoshlar boshqa fuqaroning uyiga bostirib kirib, uni do‘pposlagani va tan jarohati yetkazgani aks etgan videolavha tarqalgan edi. IIV matbuot kotibining maʼlum qilishicha, ushbu holat ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganilmoqda. Shohruh G‘iyosovga ilgari ichki ishlar organlariga bu kabi holat yuzasidan shikoyat, ariza yoki xabar kelib tushmagan. “Vaziyat tekshirilib, ishtirokchilarning harakatlari huquqiy baholanganidan so‘ng qo‘shimcha axborot beriladi”, – deya qayd etgan IIV matbuot kotibi. Qayd etish mumkin, avvalroq ushbu voqea Toshkentda sodir etilgani aytilgan edi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|