11:27 Hokimlarning ayrim vakolatlari bekor qilindi | |
«Byurokratik to‘siqlar yanada qisqartirilishi hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillari joriy qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan, «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining quyidagi funksiya va vakolatlari bekor qilindi: - faoliyati suvlarning va suv ob’yektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalarning texnologiya, o‘rmon-melioratsiya va agrotexnika, gidrotexnika, sanitariya-texnika tadbirlarini o‘tkazishlari uchun kelishish lozimligi; - korxonalar va tashkilotlarga quyidagi masalalarda yozma ko‘rsatmalar berish: - aholining ichimlik, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan suv olish inshootlaridan foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilish. Shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining quyidagi vakolatlari chiqarildi: - Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirish bilan hokimlarning ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan qarorlar qabul qilish va ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladigan ayrim qoidalarni belgilash vakolati; Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|